Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasida energetik sulh eʼlon qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur tashabbusni qoʻllab-quvvatladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina energetika sohasida sulh tuzishga kelishib olgani haqida eʼlon qildi.
"Shu palladan Rossiya va Ukraina oʻrtasida energetika sulhi amal qiladi. Ikki tomon ham bunga rozi. Uni buzmanglar", – deya yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.
U boshqa tafsilotlarni keltirmagan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur tashabbusni qoʻllab-quvvatladi.
Ukraina prezidenti Donald Trampning Rossiya va Ukraina oʻrtasida energetika inshootlariga hujumlarga qarshi kelishuvga erishilgani haqidagi bayonotini muhokama qilganini aytdi. Oʻz postida u bu haqda Kanada Bosh vaziri, Finlyandiya prezidenti va NATO Bosh kotibi bilan muhokama qilganini aytdi.
“Biz Prezident Tramp tomonidan eʼlon qilingan energetika sulhini muhokama qildik. Ukraina sulhni qoʻllab-quvvatlaydi va Rossiya ham uni qoʻllab-quvvatlashi muhim. Biz Amerika tomonidan tafsilotlarni kutmoqdamiz. Biz tomondan Ukraina har doim yumshatish choralarini, hayotni himoya qilishni va urushni tugatish va uzoq muddatli tinchlikni taʼminlash uchun zarur yechimlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi”, deb yozgan Zelenskiy.
Moskva Trampning kelishuvlar haqidagi bayonotiga hali javob bermadi.





