platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Sport

Oʻzbekistonlik 6 yoshli shaxmatchi ikki karra Osiyo chempioni boʻldi

Muhammadyusuf Bahromov Rossiyaning Tula viloyatida oʻtkazilgan 20-Osiyo maktab oʻquvchilari chempionatida klassik shaxmat va blits yoʻnalishlarida gʻolib boʻldi. 

Oʻzbekistonlik 6 yoshli shaxmatchi ikki karra Osiyo chempioni boʻldi

Rossiya Federatsiyasining Tula viloyatida shaxmat boʻyicha 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan 20-Osiyo chempionati yakunlandi.

6 yoshli shaxmatchi Muhammadyusuf Bahromov ikki karra Osiyo chempioni boʻldi.

Shaxmat federatsiyasi maʼlumotiga koʻra, Muhammadyusuf Bahromov Rossiyaning Tula viloyatida oʻtkazilgan 20-Osiyo maktab oʻquvchilari chempionatida 7 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida klassik shaxmat va blits yoʻnalishlarida gʻolib boʻlgan.

U klassik shaxmatda 9 imkoniyatdan 8 ochko, blitsda esa 7,5 ochko jamgʻarib, ikkita oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid