platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qoraladi

TIV ​bunday hujumlarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi hamda barcha tomonlarni vazminlik koʻrsatishga, keskinlikning yanada avj olishiga yoʻl qoʻymaslikka, kelishmovchiliklarni xalqaro huquq normalari asosida hal etishga daʼvat etdi. 

Oʻzbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qoraladi

Oʻzbekiston TIV Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qoraladi.

Aytilishicha, Tashqi ishlar vazirligi Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga husiylar tomonidan amalga oshirilgan, begunoh insonlarning halok boʻlishi va tinch aholi vakillarining jarohatlanishiga olib kelgan mudhish hujumdan chuqur qaygʻuda ekanini bildirgan va ushbu hujumni qatʼiy qoralaydi.

"​Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiramiz, ushbu fojiali voqea oqibatida jabrlanganlarga chuqur hamdardlik izhor etamiz.

Jarohat olganlarning tezroq va toʻliq sogʻayib ketishini tilaymiz. Shuningdek, Saudiya Arabistoni Podshohligining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashimizni yana bir bor tasdiqlaymiz", deyiladi bayonotda.

​Tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi obʼektlariga hujumlar xalqaro huquq normalarining jiddiy buzilishi hisoblanadi va bunday harakatlar zudlik bilan toʻxtatilishi shart. Tinch aholi hayotini himoya qilish va muhim infratuzilma obʼektlari xavfsizligini taʼminlash soʻzsiz ustuvor vazifa boʻlib qolishi lozim.

TIV ​bunday hujumlarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi hamda barcha tomonlarni vazminlik koʻrsatishga, keskinlikning yanada avj olishiga yoʻl qoʻymaslikka, kelishmovchiliklarni xalqaro huquq normalari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillariga muvofiq, muloqot va diplomatik vositalar orqali hal etishga qatʼiy daʼvat etdi.

​Oʻzbekiston Saudiya Arabistoni Podshohligi xalqi va Hukumati bilan birdamligini izhor etdi hamda mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid