platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Andijondagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, 4 kishi shifoxonaga yotqizildi

Tuproq ortilgan «HOWO» rusumli yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda haydovchi transport vositasi boshqaruvini yoʻqotgan va bir necha mashina bilan toʻqnashgan. 

Andijondagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, 4 kishi shifoxonaga yotqizildi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yuk mashinasi ishtirokida ogʻir yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

Oqibatda uch kishi voqea joyida halok boʻldi, yana toʻrt kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar qildi.

Hodisa 2026 yil 10 oktabr kuni soat 09:40 larda tumanning «Neftchilar» mahallasidagi Konchilar koʻchasida sodir boʻlgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, «Neftchilar — Kulla» yoʻnalishida harakatlanayotgan, 1978 yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi tuproq ortilgan «HOWO» rusumli yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda haydovchi transport vositasi boshqaruvini yoʻqotgan.

Yuk mashinasi qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan «Cobalt», «Nexia», «BYD Song Plus» va «Nexia-2» rusumli avtomobillar, shuningdek, yoʻlning oʻng tomonida toʻxtab turgan «Nexia-3», «Damas» va «Matiz» bilan toʻqnashgan. Hodisa oqibatida koʻcha boʻyidagi doʻkonlarga ham zarar yetgan.

YTH natijasida uch nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. «HOWO» yuk mashinasi haydovchisi va yana uch kishi turli tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid