platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Tramp va Putin suhbati: AQSh Rossiya bilan dizel yoqilgʻisi boʻyicha kelishuvga erishdi

Rossiya tomoni AQSh va jahon bozorida 3 mln tonnagacha dizel yoqilgʻisi yetkazini kutilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa mazkur kelishuvni "tinchlik keltirmaydigan va urushga investitsiya kiritadigan shartnoma" deb atadi. 

Tramp va Putin suhbati: AQSh Rossiya bilan dizel yoqilgʻisi boʻyicha kelishuvga erishdi

AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan "juda muvaffaqiyatli muzokaralar" davomida Rossiya dizel yoqilgʻisini jahon bozorlariga yetkazib berish boʻyicha kelishuvga erishganliklarini eʼlon qildi.

"Rossiya darhol AQSh va jahon bozorlariga 300 000 tonnadan ortiq dizel yoqilgʻisini, noyabr oyida qoʻshimcha 500 000 tonna va undan keyin darhol 1 000 000 tonna dizel yoqilgʻisini yetkazib beradi. Bilan birga, neftni qayta ishlash zavodlarining holatiga qarab, Rossiya qisqa muddatda 3 000 000 tonna dizel yoqilgʻisini yetkazib beradi", deb yozgan Amerika yetakchisi Truth Social tarmogʻida.

Trampning soʻzlariga koʻra, AQShning Hoʻrmuz boʻgʻozini nazorat qilishi va Rossiya bilan kelishuv tufayli Qoʻshma Shtatlarda va butun dunyoda dizel yoqilgʻisi narxi tez pasaya boshlaydi.

Amerika prezidenti narxlarning pasayishi "rekord surʼatlarda" sodir boʻlishini aytdi.

Shundan soʻng, AQSh Moliya vazirligi Rossiya dizel yoqilgʻisini jahon bozoriga yetkazib berish uchun vaqtinchalik ruxsatnoma berdi. Litsenziya 2027 yil 7 aprelgacha amal qiladi. Hujjatga koʻra, ruxsatnoma Rossiya dizel yoqilgʻisini sotish, yetkazib berish, tushirish va import qilishni, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri AQShni ham qamrab oladi.

Biroq, litsenziya Rossiya banki, Milliy farovonlik jamgʻarmasi va Rossiya Moliya vazirligining Amerika moliya institutlaridagi hisoblaridan mablagʻlarni yechib olishga ruxsat bermaydi. Litsenziya OFAC direktori Bredli Smit tomonidan 2026 yil 9 oktabrda imzolangan.

Rossiya Prezidentining xorijiy davlatlar bilan investitsiya va iqtisodiy hamkorlik boʻyicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev AQSh Moliya vazirligining X ijtimoiy tarmoq platformasidagi postiga izoh berar ekan, "Rossiya va AQSh oʻrtasidagi dizel yoqilgʻisi va energetika sohalaridagi hamkorlik butun dunyoga foyda keltiradi" deb taʼkidladi.

Trampning postiga javoban Dmitriyev prezidentlarning telefon qoʻngʻirogʻini muvaffaqiyatli deb atadi. "Rossiya va AQSh oʻrtasidagi energetika va iqtisodiy hamkorlik davom etadi va global bozorlar va butun dunyoga foyda keltiradi", deb yozgan u.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa mazkur kelishuvni "tinchlik keltirmaydigan va urushga investitsiya kiritadigan shartnoma" deb atadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid