Oʻzbekistonlik kiberxavfsizlik mutaxassislari xalqaro musobaqalarda 4 ta yoʻnalish boʻyicha gʻolib chiqdi
Turan Security jamoasi kiberhujumlardan himoyalanish, tizimlardagi zaifliklarni aniqlash va Dark Web tarmogʻida tarqalgan maʼlumotlarni kuzatishga moʻljallangan texnologiyalarini ham namoyish etdi.

Oʻzbekistonlik kiberxavfsizlik mutaxassislari xalqaro musobaqalarda 4 ta yoʻnalish boʻyicha gʻolib boʻldi.
5–7 oktabr kunlari Toshkentda "Kiberxavfsizlik sammiti — Markaziy Yevroosiyo 2026" oʻtkazildi.
Tadbir doirasida Turan Security kompaniyasi mutaxassislari Blue Team, Red Team, AI Underworlds va Bug Bounty yoʻnalishlarida birinchi oʻrinni egalladi.
Kompaniya sammitda kiberhujumlardan himoyalanish, tizimlardagi zaifliklarni aniqlash va Dark Web tarmogʻida tarqalgan maʼlumotlarni kuzatishga moʻljallangan texnologiyalarini ham namoyish etdi.
Bu natija Oʻzbekistonning mahalliy kiberxavfsizlik kompaniyalari xalqaro darajada raqobatlasha olishini koʻrsatmoqda.





