platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Erkinjon Turdimov sirdaryoliklar bilan xayrlashdi

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri etib tayinlangan Erkinjon Turdimov yangi lavozimga kuzatildi. 

Erkinjon Turdimov sirdaryoliklar bilan xayrlashdi

Erkinjon Turdimov sirdaryoliklar bilan xayrlashdi.

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri etib tayinlangan Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati aholisiga murojaat yoʻlladi.

Erkinjon Turdimov sirdaryoliklar bilan xayrlashdi

Turdimov boshqa viloyatda tugʻilib oʻsgan boʻlsa ham, mehnat faoliyatini aynan Sirdaryoda boshlagani, soʻnggi qariyb ikki yil davomida yana shu viloyatda ishlaganini taʼkidlab, sirdaryoliklarga minnatdorlik bildirdi.

“Men oʻzimni Sirdaryoning ham farzandi deb bilaman. Bu elga doimo taʼzim qilib, cheksiz hurmatim va minnatdorligimni bildiraman!

Qayerda, qaysi vazifada ishlasam ham, bu zaminni yanada obod qilish, sirdaryoliklarning turmush farovonligini yuksaltirishga hissa qoʻshishni oʻz burchim deb hisoblayman!” — deb yozdi Turdimov.

Eslatib oʻtamiz, Turdimov 9 oktabr kuni Taʼlim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid