platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Turkmanistonda MDH davlatlari rahbarlari sammiti boshlandi

Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. MDH tarixida birinchi marta Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyon ham sammit qatnashchilari safidan joy oldi. 

Turkmanistonda MDH davlatlari rahbarlari sammiti boshlandi

Turkmanistonda MDH davlatlari rahbarlari sammiti boshlandi.

Turkmanistonda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)ga aʼzo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi boshlandi.

Sammitda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etmoqda.

Shuningdek, MDH tarixida birinchi marta Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyon ham sammitda qatnashmoqda.

2026 yil 21 dekabrda Rossiyada MDH norasmiy sammiti boʻlib oʻtadi.

Turkmanboshidagi sammitda nutq soʻzlayotgan Putin MDH davlatlari yetakchilarini 21 dekabr kuni Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtadigan norasmiy sammitga taklif qildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid