platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti JAR vakiliga berildi

Navi Pilley hind millatiga mansub janubiy afrikalik sanaladi. Mamlakatdagi yuridik faoliyati davomida u aparteidga qarshi faollarni himoya qildi va hukumatning qiynoqlari, repressiv choralarini fosh etdi.

Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti JAR vakiliga berildi

Navanetem "Navi" Pilley 2026 yilgi Nobel tinchlik mukofoti laureati deb topildi. Bu haqda Norvegiya Nobel qoʻmitasi eʼlon qildi.

Unga mukofot "tinchlik va xalqaro huquqni ilgari surishdagi saʼy-harakatlari uchun" berildi.

Navi Pilley hind millatiga mansub janubiy afrikalik sanaladi. Mamlakatdagi yuridik faoliyati davomida u aparteidga qarshi faollarni himoya qildi va hukumatning qiynoqlari, repressiv choralarini fosh etdi. U Janubiy Afrika Oliy sudida oʻtirgan birinchi rangli ayol boʻldi. 2003 yildan 2008 yilgacha u Xalqaro Jinoyat Sudida (XJS) sudya boʻlib ishlagan.

Bu yil Tinchlik mukofotiga 287 nomzod — 208 nafar shaxs va 79 ta tashkilot nomzod qilib koʻrsatildi. Qoʻmita ularning ismlarini sir saqlamoqda: nomzodlar haqidagi maʼlumotlar va muhokamalar 50 yil davomida maxfiyligicha qolmoqda.

2025 yilda mukofot Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machadoga berilgan edi. Qoʻmita uning venesuelaliklarning demokratik huquqlarini ilgari surishdagi faoliyatini va diktaturadan demokratiyaga adolatli va tinch yoʻl bilan oʻtish uchun kurashini eʼtirof etdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid