platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Saudiya Arabistoniga ketayotgan va u yerda boʻlib turgan oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Saudiya Arabistoni va husiylar qarama-qarshiligi kuchaymoqda. Jumladan, husiylar poytaxt ar-Riyod shahri aeroportiga ballistik raketalar bilan zarba bergan. 

Saudiya Arabistoniga ketayotgan va u yerda boʻlib turgan oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Saudiya Arabistoni va husiylar qarama-qarshiligi yangi bosqichga chiqmoqda.

Poytaxt Ar-Riyod shahri aeroportida Xusiylar tomonidan otilgan ballistik raketa samolyotlarga kelib urilgan. Hujumdan koʻp oʻtmay, Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Ar-Riyodga parvozlarni 16 oktabrgacha toʻxtatishga qaror qilgani eʼlon qilindi. Hindistonning Air India, IndiGo va Air India Express aviakompaniyalari ham Saudiya Arabistoni poytaxtiga parvozlarni 10 oktabrgacha toʻxtatdi.

Mazkur voqealar fonida Saudiya Arabistoniga ketayotgan va u yerda boʻlib turgan oʻzbekistonliklar ogohlantirildi.

Mintaqadagi keskinlik sababli aviareyslar kechikishi, bekor qilinishi yoki yoʻnalishi oʻzgarishi mumkin. Shu munosabat bilan fuqarolar ehtiyot choralariga amal qilishga chaqirildi.

Zarur hollarda fuqarolar Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.

Ar-Riyoddagi elchixona:

+966 11 263 52 23

Konsul Shuhrat Ibragimov:

+966 56 721 77 31 (Telegram / WhatsApp)

Jiddadagi Bosh konsulxona:

+966 12 607 72 50

Konsul Azimjon Qobiljonov:

+966 59 439 08 50 (Telegram / WhatsApp).

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid