platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda 250 kishining kartasidan 3 mlrd soʻmga yaqin pul oʻgʻirlagan guruh fosh etildi

Guruh aʼzolari 2025 yilning avgustidan buyon xorijdagi sheriklari yuborgan APK virusli dasturlarini tarqatish bilan shugʻullangani aniqlangan. Fuqarolar ushbu zararli faylni yuklab olganidan soʻng, ularning bank kartalari maʼlumotlari va balansi haqidagi axborot firibgarlar qoʻliga oʻtgan. 

Qoraqalpogʻistonda 250 kishining kartasidan 3 mlrd soʻmga yaqin pul oʻgʻirlagan guruh fosh etildi

Qoraqalpogʻistonda oʻtkazilgan operativ-texnik tadbirlarda 250 nafar fuqaroning bank kartalaridan qariyb 3 milliard soʻm mablagʻni oʻzlashtirgan guruh faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departament eʼlon qilgan videoga koʻra, guruh tarkibi 22 yoshli uch nafar nukuslik yoshlardan iborat boʻlgan.

Ulardan biri muqaddam oʻgʻrilik jinoyati uchun sudlangan M. ismli fuqaro Telegram’dagi yopiq kanallar orqali xorijliklar bilan aloqa oʻrnatgan.

Surishtiruvlar davmida guruh aʼzolari 2025 yilning avgustidan buyon xorijdagi sheriklari yuborgan APK virusli dasturlarini tarqatish bilan shugʻullangani aniqlangan. Fuqarolar ushbu zararli faylni yuklab olganidan soʻng, ularning bank kartalari maʼlumotlari va balansi haqidagi axborot ularga kelib tushgan.

Olingan maʼlumotlar asosida M. va uning sheriklari Ye. hamda A. ismli shaxslar fuqarolarning plastik kartalarini yangi dasturlarga ulab, SMS kodlarni qoʻlga kiritgan va mablagʻlarni boshqa kartalarga oʻtkazib olgan. Shundan soʻng pullarni xorijdagi sheriklariga yuborib, oʻz xizmatlari uchun 15 foizgacha USDT (kriptovalyuta) koʻrinishida ulush olgan.

Shuningdek, guruh aʼzolari kompyuterxonalardagi yoshlarni va boshqa shaxslarni 50 ming soʻmdan 300 ming soʻmgacha boʻlgan moddiy manfaatdorlik evaziga mobil toʻlov ilovalaridan verifikatsiyadan oʻtkazish, ularning nomiga virtual bank kartalari va SIM-kartalarni rasmiylashtirishga jalb qilgan.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, guruh aʼzolari umumiy hisobda 250 ga yaqin fuqaroning 3 milliard soʻmga yaqin mablagʻini talon-toroj qilgan.

IIB vakilining taʼkidlashicha, ulardan biri bu yoʻldan qaytmoqchi boʻlganida, xorijdagi sheriklari tomonidan unga nisbatan tahdid va bosimlar oʻtkazilgan, shaxsiy maʼlumotlari tarqatib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari yakunlangan Toʻplangan hujjatlar jazo qoʻllash uchun jinoyat ishlari boʻyicha sudga yuborildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid