platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonlik talabalar Gemini AI Plus obunasidan bepul foydalanishi mumkin boʻladi

​Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya boʻyicha hamkor platformasi — SheerID Oʻzbekistonni rasman qoʻllab-quvvatlanadigan davlatlar roʻyxatiga kiritdi. 

Oʻzbekistonlik talabalar Gemini AI Plus obunasidan bepul foydalanishi mumkin boʻladi

​Endi oʻzbekistonlik talabalar Google Gemini AI Plus obunasidan Aileaders.uz platformasi orqali bepul foydalanishlari mumkin.

​Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya boʻyicha hamkor platformasi — SheerID Oʻzbekistonni rasman qoʻllab-quvvatlanadigan davlatlar roʻyxatiga kiritdi.

​Bu orqali talabalar Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtib, 60 dollarga teng 1 yillik Google Gemini AI Plus xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega boʻldilar.

​Google AI Plus obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

​Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilgʻor Flash Thinking modeliga kirish imkoniyati beriladi.

​400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

​Google Flow: Ilgʻor generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qoʻshimcha kirish taqdim etiladi.

​Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining oʻzida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

​Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta soʻzlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qoʻshimcha kirish beriladi.

​Sunʼiy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qoʻshimcha kirish imkoniyati ochiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid