Oʻzbekiston dunyoning eng qudratli davlatlari reytingiga kirdi
Reytingga jami 100 ta davlat kiritilgan. Unda mamlakatlarning siyosiy va iqtisodiy taʼsiri, xalqaro maydondagi nufuzi, ittifoqchilik aloqalari hamda harbiy salohiyati kabi omillar hisobga olingan.

Oʻzbekiston dunyoning eng qudratli davlatlari reytingiga kirdi.
AQShning nufuzli U.S. News and World Report nashri 2026 yilgi dunyoning eng qudratli davlatlari reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston yakuniy roʻyxatga kiritilgan 100 ta davlat orasida 71-oʻrinni egalladi.

Reytingga jami 100 ta davlat kiritilgan. Unda mamlakatlarning siyosiy va iqtisodiy taʼsiri, xalqaro maydondagi nufuzi, ittifoqchilik aloqalari hamda harbiy salohiyati kabi omillar hisobga olingan.
Ushbu reytingga Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning koʻrsatkichlari kiritilmagan.
Reyting tuzuvchilar talqiniga koʻra, 2026 yilda Xitoy dunyodagi eng qudratli va nufuzli davlat deb topildi. Ikkinchi oʻrinni Amerika Qoʻshma Shtatlari, uchinchi oʻrinni esa Hindiston egalladi.
Shuningdek, ushbu koʻrsatkich boʻyicha dunyoning eng yaxshi oʻntaligiga Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Meksika va Italiya ham kirdi.





