Erkinjon Turdimov Taʼlim va ilm-fan vaziri etib tasdiqlandi
Turdimov 2025 yil yanvarida Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan, keyinchalik viloyat hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Erkinjon Turdimov Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri etib tasdiqlandi. Uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi yigʻilishda bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri etib tasdiqlandi. Shu munosabat bilan u Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi.
Erkinjon Oqbutayevich Turdimov 1969 yil 10 iyulda Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida tugʻilgan.
Maʼlumoti boʻyicha iqtisodchi. Turli yillarda Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari hokimi lavozimlarida ishlagan.
2025 yil yanvarida Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan, keyinchalik viloyat hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Turdimov "Mehnat shuhrati" va "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlangan.





