platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Buxoroda MDH davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Oʻzbekiston 2027 yil yanvardan hamdoʻstlikka yangi raislik qilishini, Turkmaniston va Ozarbayjon hamraislar boʻlishini eʼlon qildi.

Buxoroda MDH davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston 2027 yil 1 yanvardan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga raislik qiladi. MDH Davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti Buxoroda boʻlib oʻtadi.

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Oʻzbekiston Hamdoʻstlikka yangi raislik qilishini, Turkmaniston va Ozarbayjon hamraislar boʻlishini eʼlon qildi.

MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev keyingi sammit 2027 yil 8-9 oktabr kunlari Buxoroda boʻlib oʻtishini aniqlik kiritdi — anʼanaga koʻra, uchrashuv mamlakatda raislikni qabul qilib oʻtkaziladi.

Turkmaniston 2026 yilda MDHga raislik qiladi. Hozirgi sammit Turkmanboshi shahridagi Avaza sayyohlik zonasida boʻlib oʻtmoqda. Unda MDH mamlakatlari rahbarlari, shuningdek, ushbu formatda birinchi marta uchrashuvga qoʻshilgan Eron Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon ishtirok etmoqda.

Avvalroq Oʻzbekiston va Turkmaniston Strategik sheriklik boʻyicha Oliy Kengash tuzishga kelishib olishgan edi. Shartnoma Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov tomonidan 8 oktabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng imzolangan edi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid