platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Bosh vazir Abdulla Aripov qashqadaryolik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Unda 300 nafardan ziyod tadbirkor ishtirok etdi. Ular orasida toʻqimachilik, farmatsevtika, qurilish, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar bor. 

Bosh vazir Abdulla Aripov qashqadaryolik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Bosh vazir Abdulla Aripov qashqadaryolik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Qarshi shahrida Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida qashqadaryolik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Bosh vazir Abdulla Aripov qashqadaryolik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Unda 300 nafardan ziyod tadbirkor ishtirok etdi. Ular orasida toʻqimachilik, farmatsevtika, qurilish, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar bor.

Muloqotning muhim jihati - tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita masʼul rahbarlarga yetkazish hamda imkon qadar shu joyning oʻzida hal etishga eʼtibor qaratilganidir.

Bosh vazir Abdulla Aripov qashqadaryolik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Uchrashuvda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat tashkilotlari, tuman va shahar hokimlari ham ishtirok etdi.

Tadbirkorlar biznesni yuritish va kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, moliyalashtirish, infratuzilma, yer va boshqa masalalar boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Bosh vazir Abdulla Aripov qashqadaryolik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Har bir murojaat masʼul rahbarlar ishtirokida koʻrib chiqildi. Qoʻshimcha oʻrganishni talab etmaydigan masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar boʻyicha esa aniq chora-tadbirlar, ijro muddatlari va masʼullar belgilandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid