platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Yevropa Ittifoqi Rossiyadan oʻlat boʻyicha shaffof maʼlumotlar berishni soʻradi

Irkutsk viloyatidagi Vaboga qarshi instituti xodimi oʻlat bakteriyasidan vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. AQSh ham Rossiyadagi fuqarolarini mazkur voqea sabab ogohlantirdi. 

Yevropa Ittifoqi Rossiyadan oʻlat boʻyicha shaffof maʼlumotlar berishni soʻradi

Yevropa Komissiyasi Rossiyani Sibir laboratoriyasidagi hodisa boʻyicha ishonchli epidemiologik va mikrobiologik maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan shaffof hisobotlarni taqdim etishga chaqirdi, deb xabar beradi DW.

Bu haqda Yevropa Komissiyasining rasmiy vakili chorshanba, 7 oktabr kuni Bryusselda boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi.

Yevropa Komissiyasi Moskvani Irkutsk vaboga qarshi instituti xodimi Darya Shipilovaning toʻsatdan vafoti va Rossiyada pnevmonik vabo tarqalishi mumkinligi haqidagi xavotirlardan soʻng "Sibir laboratoriyasidagi hodisa boʻyicha tezkor shaffof hisobotlarni taqdim etishga" chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, ilgari Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi Vaboga qarshi institut xodimi oʻlat bakteriyasi gumonidan vafot etgani haqida xabar berishgan edi. Marhum diagnostika maqsadida biomaterial toʻplash paytida laboratoriyada xavfli bakteriya boʻlgan sinov naychasini tasodifan sindirib qoʻygan deb taxmin qilingan.

Irkutsk viloyatida 28 yoshli ayolning oʻlimi sababi nomaʼlum etiologiyali pnevmoniya deb taʼriflangan.

Sanepidqoʻmita raisi oʻrinbosari Nurmat Otabekov Oʻzbekistondagi oʻlat haqidagi xavotirlarga oydinlik kiritgandi. Aytilishicha, Oʻzbekistonda oʻlat va boshqa oʻta xavfli yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar tizimi yaratilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid