platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Yangi vazirlik faoliyati boʻyicha taqdimot koʻrib chiqildi

Darsliklarni yangilash, ayrim maktablarda ingliz tilida taʼlim berishni sinovdan oʻtkazish, oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatishda sunʼiy intellektdan foydalanish taklif etildi.

Yangi vazirlik faoliyati boʻyicha taqdimot koʻrib chiqildi

Yangi Taʼlim va ilm-fan vazirligi faoliyati qanday tashkil etilishi muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni yangi tashkil etilgan Taʼlim va ilm-fan vazirligi faoliyati hamda taʼlim tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotni koʻrib chiqdi.

Yaqinda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligiga birlashtirilgan edi.

Taqdimotda yangi vazirlik faoliyatini joylardagi haqiqiy holatga tayanib tashkil etish, takrorlanuvchi vazifalarni qisqartirish va hududiy boʻgʻinlar masʼuliyatini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Boshqaruvni raqamlashtirish va tahliliy salohiyatni oshirish qarorlarni ishonchli maʼlumotlar asosida qabul qilishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Maktabgacha taʼlimda bolani har tomonlama rivojlantirish, dastur va metodikalarni yangilash hamda tarbiyachilar malakasini oshirishga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini erta aniqlash, taʼlim muassasalarida zamonaviy sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar bildirildi.

Maktab taʼlimida darsliklarni yangilash, oʻquvchilarning bilim va amaliy koʻnikmalarini izchil rivojlantirish hamda ularni baholash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Pedagoglarga metodik yordam koʻrsatishda sunʼiy intellektdan foydalanish, ayrim maktablarda ingliz tilida taʼlim berish tajribasini oʻtkazish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish taklif etildi.

Yigʻilishda maktabgacha taʼlimdan oliy taʼlimgacha boʻlgan tizimni yagona boshqaruv asosida tashkil etish, vazifalarning takrorlanishini oldini olish va hududiy boʻgʻinlar masʼuliyatini oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Kasbiy taʼlimda dual taʼlimni kengaytirish, oliygohlar mustaqilligini oshirish, universitetlar va korxonalar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Prezident mutasaddilarga takliflarni puxta ishlab chiqishni topshirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid