platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Voyaga yetmagan oʻquvchisiga shilqimlik qilgan texnikum oʻqituvchisi 5 sutkaga qamaldi

Sudda erkak qizni darsdan chaqirib olganini tan olgan, biroq shahvoniy harakat qilmaganini aytgan.

Voyaga yetmagan oʻquvchisiga shilqimlik qilgan texnikum oʻqituvchisi 5 sutkaga qamaldi

Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumanida voyaga yetmagan oʻquvchi qizga kafedra xonasida shahvoniy harakat qilgan oʻqituvchi 5 sutkaga qamaldi.

Voqea 25 sentabr kuni texnikumda sodir boʻlgan. Muassasada ishlab chiqarish taʼlim ustasi boʻlib ishlovchi erkak oʻziga biriktirilgan guruhda tahsil oluvchi voyaga yetmagan qizni fizika darsi paytida oʻqituvchidan ruxsat olib, auditoriyadan olib chiqqan. Ular kafedra xonasiga kirgach, erkak oʻquvchini oʻziga tortib, shahvoniy tusdagi harakatlar qilgan. Shunda qiz qarshilik koʻrsatib, xonadan qochib, darsga qaytib kirgan.

Dars tugaganidan soʻng oʻqituvchi begona raqamdan telefon qilib, oʻzini boshqa kishi deb tanishtirib qizni sportzalga kelishini soʻragan. Oʻquvchi u yerga borganida xodim turli bahonalar qilib, yana shilqimlik qilgan. Erkakka telefon qoʻngʻirogʻi boʻlgan paytda qiz xonadan chiqib qochgan.

Maʼlum boʻlishicha, voqea haqida qiz oʻsha kuni hech kimga xabar bermagan.

"Hammaning oldida sharmanda boʻlishdan qoʻrqdim. Bundan tashqari, direktorimiz yoʻqligi sababli texnikumdagi boshqa xodimlar bu masalada chora koʻrishiga ishonmadim. Direktorimiz kelgach, barchasini aytib berdim", deya koʻrsatuv bergan qiz.

Sudda erkak qizni darsdan chiqarib olganini tan oldi. Lekin u oʻquvchilarga berilmagan oyoq kiyimlar masalasida ota-onalardan ariza yigʻish boʻyicha qizdan yordam soʻraganini aytib, shahvoniy harakatlar qilmaganini bildirgan.

Erkak Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismidan (shahvoniy shilqimlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan. Unga 5 sutkaga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid