platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Talabalar issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Texnika universiteti talabalari boshqa yotoqxonalar va ijara xonadonlariga joylashtirildi. Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova boshchiligidagi ishchi guruh talabalar yotoqxonasiga borib, mavjud vaziyatni joyida oʻrgandi.

Talabalar issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Toshkent davlat texnika universiteti talabalari boshqa yotoqxonalar va ijara xonadonlariga joylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova boshchiligidagi ishchi guruh talabalar yotoqxonasiga borib, mavjud vaziyatni joyida oʻrgandi.

Oʻrganish jarayonida tadbirkor, tegishli masʼullar, prokuratura xodimlari hamda Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyati ishtirok etib, holat yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Aniqlanishicha, Talabalar shaharchasida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan mazkur talabalar turar joyi hali rasman foydalanishga topshirilmagan. Obʼektning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan, foydalanish uchun zarur ruxsatlar olinmagan.

Talabalar issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Shuningdek, issiq suv va isitish tizimlari hali ulanmagan, yongʻin xavfsizligi boʻyicha ham obʼekt amaldagi talablarga javob bermaydi. Shu sababli talabalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida ular mazkur obʼektdan chiqarilib, universitetning mavjud talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga toʻliq joylashtirildi.

Toshkent shahar hokimligi maʼlumotiga koʻra, mazkur obʼektga avval joylashtirilgan talabalardan undirilgan toʻlovlar tadbirkor tomonidan 3 kun muddatda toʻliq qaytarib beriladi. Ayni paytda obʼektning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va foydalanish uchun zarur ruxsatlarni olish boʻyicha ishlar davom etmoqda.

Talabalar issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Holat boʻyicha barcha jihatlar oʻrganilib, talabalarning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan tegishli choralar koʻrilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid