Pensionerlarga temir yoʻl chiptalari uchun chegirma taqdim etiladi
Imtiyozdan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 55 yoshdan yuqori ayollar va 60 yoshdan yuqori erkaklar — pensionerlar foydalanishi mumkin. Chegirma har yili “Keksalar haftaligi” doirasida 2–8 oktabr kunlari hamda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida 1–30 noyabr kunlari amal qiladi.

Oʻzbekistonda keksalarga temir yoʻl chiptalarining tarif qismidan 20 foiz chegirma taqdim etiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, chegirma “Keksalar haftaligi” hamda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida nuroniylarning mamlakat boʻylab sayohatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida taqdim etilmoqda.
Imtiyozdan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 55 yoshdan yuqori ayollar va 60 yoshdan yuqori erkaklar — pensionerlar foydalanishi mumkin.
Chegirma har yili “Keksalar haftaligi” doirasida 2–8 oktabr kunlari hamda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida 1–30 noyabr kunlari amal qiladi.
Imtiyoz barcha mahalliy yoʻnalishdagi poyezdlarga tatbiq etiladi. Tezyurar "Afrosiyob" elektropoyezdi bundan mustasno.
Chegirmali chiptalarni onlayn yoki temir yoʻl chiptaxonalari orqali rasmiylashtirish mumkin.





