platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

​Kuchli taʼsir qiluvchi dorilarning yirik aylanmasiga chek qoʻyildi

Yunusoboddagi xonadon yertoʻlasida qonunga xilof ravishda saqlanayotgan 84 dona konvalyutadagi jami 1176 dona «Regapen» dori vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

​Kuchli taʼsir qiluvchi dorilarning yirik aylanmasiga chek qoʻyildi

​Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

Bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

​Kuchli taʼsir qiluvchi dorilarning yirik aylanmasiga chek qoʻyildi

​Jumladan, Bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazildi.

​Tadbir davomida 47 yoshli fuqaroning xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda, xonadon yertoʻlasida qonunga xilof ravishda saqlanayotgan 84 dona konvalyutadagi jami 1176 dona «Regapen» dori vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

​Kuchli taʼsir qiluvchi dorilarning yirik aylanmasiga chek qoʻyildi

​Bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan oʻtkazilgan sud-kimyoviy ekspertizasi xulosasiga koʻra, mazkur dori vositalari tarkibida jami 352,5 gramm «pregabalin» kuchli taʼsir qiluvchi moddasi mavjudligi tasdiqlandi.

​Amaldagi tartiblarga koʻra, mazkur moddaning 10 grammdan yuqorisi koʻp miqdorni tashkil etadi va javobgarlikka sabab boʻladi.

​Kuchli taʼsir qiluvchi dorilarning yirik aylanmasiga chek qoʻyildi

​Shuningdek, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Gʻijduvon tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda tarkibida «gabapentin» kuchli taʼsir qiluvchi moddasi boʻlgan 204 dona «Gabaten» dori vositasini 1600 AQSh dollariga sotishga uringan shaxs ham qoʻlga olindi.

​Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid