platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Fargʻonada dars vaqti oʻquvchilarni teatrga olib borganlarga chora koʻriladi

Qoʻqonda maktab oʻquvchilarini teatrga olib borish boʻyicha maxsus reja-grafik tasdiqlangani, har bir oʻquvchidan 30 000 soʻmdan pul yigʻilayotgani hamda tomoshalar dars vaqti hisobidan tashkil etilayotgani boʻyicha xabar tarqaldi. 

Fargʻonada dars vaqti oʻquvchilarni teatrga olib borganlarga chora koʻriladi

Fargʻonada dars vaqtida oʻquvchilarni teatrga jalb etganlarga chora koʻriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Dars muqaddas edimi yoki teatr biznesi?” sarlavhasi ostida tanqidiy xabar tarqaldi. Fargʻona viloyati MMTB holatga izoh berdi.

Unda Qoʻqon shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan shahardagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini Musiqali drama teatriga olib borish boʻyicha maxsus reja-grafik tasdiqlangani, har bir oʻquvchidan 30 000 soʻmdan pul yigʻilayotgani hamda tomoshalar dars vaqti hisobidan tashkil etilayotgani haqida soʻz yuritilgan.

Holat yuzasidan Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi izoh berdi.

Oʻquvchilarni dars vaqtida teatrga jalb qilish holati oʻrganildi va toʻxtatildi.

Holat yuzasidan boshqarma tomonidan oʻrganish ishlari davom etmoqda.

"Oʻrganish yakunlari boʻyicha xatolikka yoʻl qoʻygan hamda vaziyatga befarq munosabatda boʻlgan masʼul va mutasaddilarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishini maʼlum qilamiz", deyiladi boshqarma xabarida.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid