Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti kanadalik yozuvchiga berildi
Enn Karson "mumtoz adabiy anʼanalarni jonli tarzda zamonaviy shakllar bilan boyitgan jasur hamda yangilikka toʻla ijodi uchun" gʻolib boʻlgan.

Kanadalik yozuvchi Enn Karson adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.
Bu haqda Nobel qoʻmitasi xabar berdi.
Unga mukofot “klassik anʼanalar bilan erkin muloqotda zamonaviy adabiyot uchun yangi shakllarni yaratgan jurʼatli va ijodkorona asarlari uchun” uchun berilgani aytilgan. Enn Karson 1950 yilda Kanadaning Toronto shahrida tugʻilgan.
Oʻtgan yili adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnoxorkaiga berilgandi. U “apokaliptik vahima fonida sanʼat kuchini tasdiqlaydigan taʼsirli va bashoratli ijodi uchun” ushbu mukofotga sazovor boʻlgandi.





