platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda hafta oxirigacha ob-havo yomonlashishi mumkin

6 oktabr kuni kunduzgi soatlarda shaharning katta qismida havo sifati “oʻrtacha” boʻlgan. Soat 20:00 dan keyin vaziyat yomonlashib, ayrim hududlarda qisqa muddatga “nosogʻlom” daraja ham kuzatilgan. Havo sifati yomonlashishiga shamol tezligining 1 m/s atrofida boʻlishi va kuchli harorat inversiyasi sabab boʻlgan. 

Toshkentda hafta oxirigacha ob-havo yomonlashishi mumkin

Toshkentda hafta oxirigacha ob-havo yomonlashishi mumkin.

Toshkent shahrida 6 oktabr kechasi va 7 oktabr ertalab havo sifati xalqaro AQI indeksi boʻyicha “sezgir guruhlar uchun noqulay” darajada qayd etildi.

6 oktabr soat 17:00 dan 7 oktabr soat 10:00 gacha Toshkentda PM2,5 zarrachalarining oʻrtacha miqdori 43,5 mkg/m³, PM10 esa 97,2 mkg/m³ ni tashkil etdi. AQI boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich 117 ga yetgan. Milliy indeks boʻyicha PM2,5 “yashil”, PM10 “sariq” darajada boʻlgan. 7 oktabr soat 10:00 da esa PM10 koʻrsatkichi “zargʻaldoq” darajaga koʻtarilgan.

6 oktabr kuni kunduzgi soatlarda shaharning katta qismida havo sifati “oʻrtacha” boʻlgan. Soat 20:00 dan keyin vaziyat yomonlashib, ayrim hududlarda qisqa muddatga “nosogʻlom” daraja ham kuzatilgan.

Havo sifati yomonlashishiga shamol tezligining 1 m/s atrofida boʻlishi va kuchli harorat inversiyasi sabab boʻlgan. 6 oktabr soat 23:00 dan 7 oktabr soat 08:00 gacha kuzatilgan inversiya havoning vertikal aralashishini susaytirib, ifloslantiruvchi moddalarning yerga yaqin qatlamda toʻplanishiga olib kelgan.

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bunday holat hafta oxirigacha tungi va ertalabki vaqtlarda qisqa muddatga takrorlanishi mumkinligini bildirdi. Atmosfera havosi sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid