platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Putinni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Shavkat Mirziyoyev Putinni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa ravnaq tiladi.

Vladimir Putinning zamonaviy Rossiyani barpo etishdagi tarixiy roli hamda Oʻzbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshayotgan shaxsiy hissasi qayd etildi.

Oʻzaro hamkorlik barcha yoʻnalishlarida jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Oʻzaro savdo hajmi, sanoat, energetika va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda yetakchi korxonalar kooperatsiyasi koʻlami izchil ortib bormoqda.

Kuni kecha Fargʻona shahrida boʻlib oʻtgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi hamda Hududlar kengashining uchinchi yigʻilishi natijalari yuqori baholandi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda: yaqinda mamlakatimizda “Sanʼatlar olami” deb nomlangan Rossiya sanʼati festivali muvaffaqiyatli oʻtkazildi, ayni kunlarda esa Moskva shahrida Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtmoqda.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashib, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid