platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev 7-9 oktabr kunlari Turkmanistonda boʻladi

Prezident “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev 7-9 oktabr kunlari Turkmanistonda boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 7-9 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Prezident “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Maslahat uchrashuvi kun tartibidan siyosiy-diplomatik hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, energetika sohasidagi sheriklikni kengaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirish, madaniyat, taʼlim va ilm-fan sohalaridagi hamda yoshlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashga oid ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashish koʻzda tutilgan.

MDH davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida Hamdoʻstlik doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. MDH tashkil etilganining 35 yilligini nishonlashga alohida eʼtibor qaratiladi.

Tadbirlar yakunida qoʻshma hujjatlar toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid