platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda tozalik boʻyicha dolzarb ikki oylikka start berildi

Prezident farmoniga koʻra, 1 oktabrdan mahallalar, koʻchalar, yoʻllar, ariqlar, kanallar, suv havzalari va boshqa jamoat joylari chiqindilardan tozalanmoqda, noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etilmoqda, hududlar obodonlashtirilmoqda, daraxt va butalar parvarish qilinmoqda. 

Oʻzbekistonda tozalik boʻyicha dolzarb ikki oylikka start berildi

“Tozalik va ozodalik” dolzarb ikki oyligiga start berildi.

Ayni damda Respublika boʻyicha “Tozalik va ozodalik” dolzarb ikki oyligi oʻtkazilmoqda. Prezident farmoniga koʻra, 1 oktabrdan mahallalar, koʻchalar, yoʻllar, ariqlar, kanallar, suv havzalari va boshqa jamoat joylari chiqindilardan tozalanmoqda, noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etilmoqda, hududlar obodonlashtirilmoqda, daraxt va butalar parvarish qilinmoqda.

Oʻzbekistonda tozalik boʻyicha dolzarb ikki oylikka start berildi
Oʻzbekistonda tozalik boʻyicha dolzarb ikki oylikka start berildi
Oʻzbekistonda tozalik boʻyicha dolzarb ikki oylikka start berildi

Shuningdek, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqish, maxsus texnikalar faoliyatini kuchaytirish, sanitariya holatini yaxshilash, koʻkalamzorlashtirish va ekologik targʻibot tadbirlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekistonda tozalik boʻyicha dolzarb ikki oylikka start berildi

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida bugunga qadar 229 dan ortiq texnika jalb qilinib, 139 ta MFY chiqindilardan tozalandi va jami 9090 tonna chiqindi olib chiqib ketildi. Andijon viloyatida esa 330 dan ortiq texnika jalb qilinib, 230 dan ortiq MFY jami Jami 23 671 tonna chiqindidan tozalandi. Samarqand viloyatida 440 dan ortiq texnika jalb qilinib, 319 ta MFY tozalandi hamda 23125 tonna chiqindi olib chiqib ketildi. Toshkent shahrida 261 ta texnika jalb qilinib, 228 ta MFY jami 47942 tonna chiqindidan tozalandi. Shuningdek, boshqa hududlarda ham tozalik-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekistonda tozalik boʻyicha dolzarb ikki oylikka start berildi

Qolaversa, oylik doirasida hududlarda koʻkalamzorlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish uchun koʻchat ekiladigan joylar aniqlanib, yer maydonlarini tayyorlanmoqda.

Oʻzbekistonda tozalik boʻyicha dolzarb ikki oylikka start berildi

Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi uchun 10 million 597 ming tup koʻchat va butalar zaxirasi yaratildi. Yashil hududlarda uzunligi 191 500 metr sugʻorish tizimlari mavjud. Bundan tashqari, Buxoro viloyati Vobkent tumanining Panob MFY hamda Jondor tumani hududlarida koʻchat ekiladigan maydonlarda yer tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Jondor tumanida koʻchatxona faoliyati oʻrganilib, koʻchatlarni sugʻorish uchun quduq qazildi va koʻchatlarni parvarishlash maqsadida mulchalash hamda kompostlash ishlari amalga oshirildi.

“Tozalik va ozodalik” dolzarb ikki oyligi doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid