platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

CPHI 2026: MBFITI Milanda xalqaro farmatsevtik hamkorlik markazida

Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti Italiyaning Milan shahrida oʻtkazilayotgan CPHI Milan 2026 xalqaro koʻrgazmasida oʻz stendi bilan ishtirok etmoqda. 

CPHI 2026: MBFITI Milanda xalqaro farmatsevtik hamkorlik markazida

Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi huzuridagi Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti xalqaro koʻzgazmada ishtirok etmoqda.

Koʻrgazma doirasida institut vakillari xorijiy tashkilotlar bilan muloqotlar oʻtkazib, dori vositalarini ishlab chiqish, klinik tadqiqotlar, farmatsevtik xomashyo taʼminoti va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish yoʻnalishlarida hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.

Tunisdagi farmatsevtika tashkilotlari bilan oʻrnatilgan aloqalar saratonga qarshi generik preparatlarni tadqiq etish va ishlab chiqarish tajribasini oʻrganish, kelgusida qoʻshma ilmiy-texnologik loyihalarni shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi.

CPHI 2026: MBFITI Milanda xalqaro farmatsevtik hamkorlik markazida

Germaniyadagi farmatsevtik xomashyo taʼminotiga ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorlik faol farmatsevtik ingrediyentlar, fitokimyoviy birikmalar va dorivor oʻsimliklar asosidagi materiallardan ilmiy tadqiqotlarda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.

Hindistondagi farmatsevtika kompaniyalari bilan oʻrnatilgan aloqalar xomashyo va tayyor dori vositalari taʼminoti, mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlar tayyorlash hamda eksport imkoniyatlarini oʻrganish uchun ahamiyatlidir.

Buyuk Britaniyadagi klinik tadqiqotlar tashkiloti bilan muloqot klinik sinovlarni rejalashtirish va tashkil etish, tadqiqot maʼlumotlarini boshqarish, biostatistik tahlil hamda sifatni taʼminlash boʻyicha tajriba almashishga zamin yaratdi.

Misrdagi innovatsion davolash vositalarini bozorga olib chiqishga ixtisoslashgan kompaniya bilan aloqalar kam uchraydigan kasalliklarni davolashga moʻljallangan preparatlarni litsenziyalash va biotexnologik ishlanmalarni tijoratlashtirish imkoniyatlarini oʻrganishga xizmat qilishi mumkin.

CPHI 2026: MBFITI Milanda xalqaro farmatsevtik hamkorlik markazida

Kanadadagi farmatsevtik konsalting tashkiloti bilan oʻrnatilgan aloqa ilmiy loyihalarga maslahat koʻmagini jalb etish va xalqaro tajriba almashish uchun imkoniyat yaratadi. Suriyadagi tibbiy va farmatsevtik mahsulotlar taʼminoti bilan shugʻullanuvchi kompaniya bilan esa tibbiy uskunalar, sarflov materiallari taʼminoti va tashqi bozorlarga chiqish boʻyicha hamkorlik istiqbollari mavjud.

Mazkur muloqotlar institutning xalqaro hamkorlar doirasini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni shakllantirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid