platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Centrum Air samolyotga qoʻyilmagan blogerdan uzr soʻradi

Bloger bort kuzatuvchisidan oʻzbek tilida gapirishni soʻraganidan soʻng parvozga qoʻyilmaganini aytib video murojaat qoldirgandi. 

Centrum Air samolyotga qoʻyilmagan blogerdan uzr soʻradi

Centrum Air kompaniyasi "oʻzbekcha gapirishni soʻraganim uchun samolyotdan tushirib yuborishdi" degan blogerdan uzr soʻradi.

​Aviakompaniya vakili qayta munosabat bildirib, bort kuzatuvchisi nohaq va ayb unda ekanligini maʼlum qildi. Uning aytishicha, yoʻlovchi bilan boʻlgan holat kompaniya tomonidan toʻliq oʻrganilib chiqilgan. Yoʻlovchining transfer xarajatlari ham qoplab beriladigan boʻldi.

​Tarqalgan videoda xodima oʻz xatosini tushunib, oʻzbek tili va mijozlarni hurmat qilishini aytib uzr soʻragan. Bloger yigit ham ayol kishi bilan aytishib oʻtirmay, mardlik qilib "kamchilik oʻtgan boʻlsa, men ham soʻrayman" deb masalaga nuqta qoʻygan.

Avvalroq Platina.uz 5 oktabr kuni Instagram tarmoq foydalanuvchisi kmoil_vlogs Centrum Airning Samara — Toshkent reysiga kirishda bort kuzatuvchisidan oʻzbek tilida gapirishni soʻraganidan soʻng parvozga qoʻyilmaganini aytib Instagramda video murojaat qoldirgani haqida xabar bergan edi.

Yoʻlovchi kompaniya bergan munosabatidan ham norozi boʻlib aslida Centrumn Air aytganidek u bort kuzatuvchisini haqorat qilmaganini aytgan edi.

"Agar men qoʻpol muomala qilganimda, tajovuzkor harakat qilganimda video qoʻymas edim. Nega oʻz aybimni oʻzim olib chiqishim kerak?", — deydi Instagram foydalanuvchisi.

Tarmoq foydalanuvchisi Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy munosabatidagi "mazkur fuqaroning xatti-harakatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda" soʻziga eʼtibor berib, endi notoʻgʻri maʼlumot bergani uchun kompaniya ham javob berishi kerakligini aytgan edi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid