platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Afgʻonistondan olib kelingan salkam 50 kg narkotik modda toʻxtatib qolindi

“Mercedes-Benz” yuk mashinasi “Ayritom” chegara bojxona postida chuqurlashtirilgan tarzda tekshiruvdan oʻtkazildi. Narkosavdogarlar giyohvandlik vositalari fosh boʻlmasligi uchun ularni dastlab polietilen paketga solib, soʻngra folga qogʻozi bilan, keyin esa skotch bilan oʻrashgani fosh boʻlgan. 

Afgʻonistondan olib kelingan salkam 50 kg narkotik modda toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari va Bojxona qoʻmitasi harbiy xizmatchilari sayʼ-harakati bilan katta miqdordagi narkotik moddalar kontrabandasiga chek qoʻyildi. Bu haqda DXX Platina.uzʼga xabar berdi.

Xususan, Afgʻoniston Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan, Termiz tumanida yashovchi, 1985 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomashinasi “Ayritom” chegara bojxona postida chuqurlashtirilgan tarzda tekshiruvdan oʻtkazildi.

Tekshiruv jarayonida avtomashina tirkamasining pol qismi ostiga jami 98 dona oʻramda 39 kg 86 gr “gashish” va 9 kg 498 gr “opiy” moddalari yashirib qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.

Taʼkidlash lozim, narkosavdogarlar giyohvandlik vositalari fosh boʻlmasligi uchun ularni dastlab polietilen paketga solib, soʻngra folga qogʻozi bilan, keyin esa skotch bilan oʻrashgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari doirasida ushbu narkotik moddalarning buyurtmachilarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid