platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

297 mln soʻm qalbaki pullarni 148 mln soʻmga sotgan shaxs qoʻlga olindi

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaroning xonadoni koʻzdan kechirilganda, qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan kompyuter, “Epson” rusumli printer, “A4” hajmdagi maxsus qogʻozlarga chop etilgan yarim tayyor holatdagi 50 va 100 ming soʻmlik kupyuralar, qogʻoz kesuvchi uskunalar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

297 mln soʻm qalbaki pullarni 148 mln soʻmga sotgan shaxs qoʻlga olindi

297 mln soʻm qalbaki pullarni 148 mln soʻmga sotgan shaxs ushlandi. Bu haqda DXX Platina.uzʼga xabar berdi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar va Andijon viloyati boʻyicha boshqarmalari xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda uy sharoitida qalbaki pullarni tayyorlash hamda muomalaga kiritish bilan shugʻullangan shaxs fosh etildi.

Jumladan, Asaka tumanida istiqomat qiluvchi, 1987 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan fuqaro 100 va 200 ming soʻmlik soxta banknotlardan iborat, jami 297 mln soʻm qalbaki pullarni shartli xaridorga 148 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, ushbu manzilda qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan kompyuter, “Epson” rusumli printer, “A4” hajmdagi maxsus qogʻozlarga chop etilgan yarim tayyor holatdagi 50 va 100 ming soʻmlik kupyuralar, qogʻoz kesuvchi uskunalar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi tomonidan mazkur fuqaro va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari doirasida uning jinoiy aloqalarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid