platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Madaniyat

Xudoyorxon oʻrdasida koʻngilochar tadbir sabab muzey direktori jazoga tortildi

Ushbu tadbir Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi rahbariyati tomonidan Madaniy meros agentligi bilan belgilangan tartibda kelishilmagan holda tashkil etilgan.

Xudoyorxon oʻrdasida koʻngilochar tadbir sabab muzey direktori jazoga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻqon shahridagi Xudoyorxon oʻrdasi hovlisida koʻngilochar tadbir oʻtkazilgani aks etgan videolar tarqaldi.

Madaniy meros agentligi bayonotiga koʻra, mazkur holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilgan.

Maʼlum boʻlishicha, 3 oktabr kuni oʻrda hududida A.klub nomi ostida bir guruh ayollar ishtirokida Chopon party oʻtkazilgan. Ushbu tadbir Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi rahbariyati tomonidan Madaniy meros agentligi bilan belgilangan tartibda kelishilmagan holda tashkil etilgan.

Agentlik davlat muzeylari va muzey-qoʻriqxonalarida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan madaniy-maʼrifiy, ommaviy va boshqa tadbirlar belgilangan tartibda agentlik bilan kelishilishi shartligini bildirdi.

"Davlat muzey-qoʻriqxonasi hududi madaniy meros obʼekti sifatida alohida muhofaza qilinishi lozim. Shu sababli, mazkur hududda har qanday tadbirni tashkil etishda obʼektning madaniy ahamiyati, uning tarixiy qiyofasini asrash, muhofaza qilish va foydalanish talablariga qatʼiy rioya etilishi shart", — deyiladi xabarda.

Yuqoridagi holat yuzasidan Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi direktori Muhammadrashod Mavlonqulovga xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagani sababli Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid