platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida yer uchun 4,2 mln dollar talab qilgan bank xodimi ushlandi

Tezkor tadbir davomida bankir soʻralgan mablagʻdan 100 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Toshkent viloyatida yer uchun 4,2 mln dollar talab qilgan bank xodimi ushlandi

Toshkent viloyatida bank xodimi 100 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda nufuzli banklaridan birining ushbu viloyatdagi mintaqaviy markazi Mahallabay va davlat dasturlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻining noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Xususan, u 2024 yilda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan elektron onlayn auksion orqali oʻzining otasiga chorvachilik maqsadida foydalanish uchun ijara huquqi asosida sotilgan, Quyichirchiq tumani hokimligi balansidagi 16,05 gektar yer maydonini sotish hamda hokimlik zaxirasida boʻlgan 4 gektar yerni mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga xaridordan jami 4 mln 250 ming AQSh dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida u soʻralgan pul mablagʻidan 100 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid