platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Madaniyat

Rossiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkazildi

Madaniyat kunlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Rossiyada taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik yoshlar va turli sohalarda mehnat qilayotgan yurtdoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Muloqotda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Botirjon Asadov ham ishtirok etdi. 
 

Rossiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkazildi

2026 yil 4–5 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasida navbatdagi “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkazildi.

Rossiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari”ning uchinchi bor tashkil etilishi Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarning izchil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi. Ikki kun davomida tashkil etilgan tadbirlar vatandoshlar bilan samimiy muloqotdan tortib, davlatlararo madaniy hamkorlik masalalarini muhokama qilish va oʻzbek sanʼatini nufuzli xalqaro sahnada namoyish etishgacha boʻlgan izchil jarayonni qamrab oldi.

Rossiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkazildi


Jumladan, madaniyat kunlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Rossiyada taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik yoshlar va turli sohalarda mehnat qilayotgan yurtdoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Muloqotda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Botirjon Asadov ham ishtirok etdi.

Madaniyat kunlarining navbatdagi muhim tadbirlaridan biri, bu Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat masalalari boʻyicha kichik qoʻmitasining oltinchi yigʻilishi boʻldi.

Rossiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkazildi

Unda, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova boshchiligidagi delegatsiyar oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi doirasida qator kelishuvlarga erishildi. Xususan, ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniyat va sanʼat sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, qoʻshma loyihalarni koʻpaytirish, ijodiy jamoalar almashinuvini kengaytirish va ikki xalqning boy madaniy merosini targʻib etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida, Oʻzbekiston xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov, Oʻzbekiston raqs sanʼati ijodiy birlashmasi ijodiy rahbari Charos Djurabayeva va Moskva xoreografiya akademiyasi rektori Svetlana Zaxarova bilan memorandum imzolandi. Shu bilan birga, ushbu uchrashuv yakunida, Oʻzbekiston va Rossiya madaniyat vazirlari Ozodbek Nazarbekov va Olga Lyubimova tomonidan Madaniyat masalalari boʻyicha kichik qoʻmitaning oltinchi yigʻilishi bayonnomasi imzolandi.

Rossiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkazildi
Rossiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkazildi

Tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida Moskva shahridagi Davlat Kreml saroyida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston shuʼlasi” tantanali konserti namoyish etildi. Konsert orqali Oʻzbekistonning boy musiqiy merosi, milliy sanʼati va zamonaviy ijodiy salohiyatini Rossiya jamoatchiligiga keng taqdim etildi. Dasturdan milliy musiqa, maqom, opera, estrada va xoreografiya namunalari bilan bir qatorda, oʻzbek va rus xalqlarining musiqiy merosini uygʻunlashtirgan asarlar ham oʻrin oldi. Sahnada Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri, Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli, Mukarrama Toʻrgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli, Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti talabalari hamda taniqli sanʼatkorlar ishtirok etdi. Shuningdek, Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatiga bagʻishlangan fotokoʻrgazma tashkil etilib, mamlakatimizning boy madaniy merosi va zamonaviy ijodiy yutuqlari namoyish etildi.

Rossiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkazildi

Maʼlumot oʻrnida, ilk madaniyat kunlari 2021 yil 9–12 iyun kunlari Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida, ikkinchi tadbirlar esa 2024 yil 17–20 noyabr kunlari Moskva shahrida oʻtkazilgan edi. Oʻzaro madaniyat kunlarini tashkil etish anʼanasi doirasida 2025 yil 28–31 may kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Rossiya madaniyati kunlari” ham oʻtkazilgandi.

Navbatdagi “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” esa xalqlarimizni madaniyat va sanʼat orqali yanada yaqinlashtirib, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid