Oʻzbekiston oʻrtoqlik oʻyinida Koreya Respublikasiga imkoniyatni boy berdi
6-daqiqada Son Hyon Min jarima zarbasini aniq bajarib, hisobni ochgan boʻlsa, 60-daqiqada O Se Hun boshi bilan zarba yoʻllab, raqib darvozasini ishgʻol etdi. Oʻzbekistonlik futbolchilarda ham qator vaziyatlar yuzaga keldi, biroq koreyaliklar darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻrtoqlik oʻyinida Koreya Respublikasiga yutqazdi.
Oʻzbekiston milliy jamoasi 6 oktabr kuni Yongin shahrida Janubiy Koreya milliy jamoasiga qarshi oʻrtoqlik bahsini oʻtkazdi va ikki toʻp farqi bilan boy berdi.
6-daqiqada Son Hyon Min jarima zarbasini aniq bajarib, hisobni ochgan boʻlsa, 60-daqiqada O Se Hun boshi bilan zarba yoʻllab, raqib darvozasini ishgʻol etdi. Oʻzbekistonlik futbolchilarda ham qator vaziyatlar yuzaga keldi, lekin toʻpni darvozaga aniq yoʻllaydigan futbolchi yetishmadi.
Shu bilan Oʻzbekiston milliy jamoasining FIFA kunlaridagi oʻyinlari yakunlandi.
Avvalroq, Oʻzbekiston 24 sentabr kuni Fargʻonada Eronni 3:1 hisobida, 1 oktabr kuni Toshkentda Suriyani 4:1 hisobida magʻlub etgan edi.





