platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Ozarbayjondagi qaror ortidan Turkiyada norozilik namoyishi oʻtkazildi

​Ozarbayjonda maktablarida hijob kiyish taqiqlanishi ortidan Turkiyada Ozarbayjondagi vaziyat boʻyicha "28 fevral" nomli ommaviy norozichilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. 

Ozarbayjondagi qaror ortidan Turkiyada norozilik namoyishi oʻtkazildi

​Ozarbayjon Milliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan maktablarda hijobga nisbatan cheklovlarni joriy qilinishi hamda oʻquvchilarning dars xonalariga kiritilmayotgani ortidan Istanbulda norozilik namoyishi oʻtkazildi.

​Turkiyada yigʻilgan namoyishchilar Ilhom Aliyev hukumati tomonidan taʼlim tizimida "dunyoviylik" va "forma yaxlitligi" nomi ostida joriy etilgan kiyinish qoidalariga qarshi chiqqan namoyishchilar taqiqni zudlik bilan bekor qilishni talab qilmoqda.

​Namoyish maydonida turk va ozarbayjon tillarida "Ozarbayjonda hijobga taqiqi yoʻq !" degan yozuvli asosiy banner ochildi. Ishtirokchilar esa "Hijob musulmon ayolning pasportidir", "Ozarbayjonga 28 fevral kelmasin" va "Bu xatodan voz kech" kabi yozuvlar tushirilgan plakatlarni koʻtarib chiqdi.

​Tadbirni olib borgan va ochilish nutqini soʻzlagan Ahmet Kerim Artuk Boku hukumati tomonidan joriy etilgan cheklovlarning huquqiy va siyosiy asoslari haqida gapirgan.

​Artuk Ozarbayjon Milliy Majlisi oʻtgan iyul oyida "Umumiy taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunga" milliylik va dunyoviylik" tamoyillarini qoʻshganini eslatdi. Shundan soʻng Vazirlar Mahkamasi qarori bilan kiyinish qoidalari joriy etilganini taʼkidladi.

​Uning aytishicha, nizomdagi "oʻquvchilarning maktab kiyimi yaxlitligini buzadigan yoki taʼlimning dunyoviylik tamoyiliga mos kelmaydigan unsurlardan foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi" degan band amaldagi taqiq uchun rasmiy huquqiy asos yaratgan.

"Bugun Bokuda va Sumgaitda maktabdan haydalayotgan, koʻz yoshlar bilan uylariga qaytishga majbur boʻlayotgan yosh qizlarning fojiasiga guvoh boʻlmoqdamiz. Bu qadam allaqachon amalda qoʻllanilayotgan taqiqlovchi yondashuvga niqob boʻlib xizmat qilmoqda", — degan Ahmet Kerim Artuk.

Artuk OAVda Ozarbayjonning "qardosh davlat" sifatida taʼriflanishini ham tanqid qildi. U Aliyev hukumatining ichki va tashqi siyosatini nomaqbul deb atadi.

Uning soʻzlariga koʻra, dunyoviylikni majburan singdirishi va tashqi siyosatda sionist zolimlar bilan hamkorlik qilayotgani sababli bu hukumatni qardosh deb atamaydi.

"Özgür-Der" tashkilotining sobiq raisi Hүlya Shekerji Bokuda maktabga kiritilmagan oʻquvchi qizlarning boshidan kechirgan ruhiy zarbasini Turkiyadagi 28 fevral jarayoniga qiyosladi.

U 15–17 yoshdagi yoshlar davlat tomonidan institutsional bosimga duchor qilinayotganini taʼkidladi.

"Maktablardan yigʻlab chiqayotgan oʻsha qizlarni koʻrganimizda taʼriflab boʻlmaydigan ogʻriqni his qildik. Chunki bundan 20–25 yil oldin bu zaminlarda xuddi shunday jarohat va chetlatishni biz ham boshdan kechirganmiz, xuddi shunday qarshilik jarayonlaridan oʻtganmiz. Qarshimizdagi mafkura hech qachon oʻzgarmadi. 28 fevralda qanday qilib «zamonaviy kiyinish qoidalariga muvofiqlik" niqobi ostiga yashiringan boʻlsa, bugun Ozarbayjonda ham "forma yaxlitligi" ortiga yashirinib, dunyoviylikni majburlash orqali taqiqni amalga oshirmoqda. Ular toʻgʻridan-toʻgʻri "hijobni taqiqladik" deya olmayapti", — degan u.

2026 yil 7 iyul kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev "Umumiy taʼlim toʻgʻrisida"gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlagan edi. Karar internet nashrining yozishicha, mazkur qaror ichidan mamlakatda (Ozarbayjonda) dunyoviylik va kiyinish tartib-qoidalarining joriy etilishi toʻgʻrisida moddalar ham boʻlgan.

" Sol" nashrining yozishicha, sentabr oyi boshlarida hijob kiygan oʻquvchilar maktabga qabul qilinmagan hamda maktab ichiga kiritilmagan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid