platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Madaniyat

Mashhur bloger MrBeast Oʻzbekistonga keladi

Jimmi Donaldson Youtube tarmogʻida 500 mln obunachisi bilan videoxostingdagi eng mashhur bloger hisoblanadi. 9 oktabr kuni u Toshkentda boʻlib oʻtadigan jamoatchilik dasturida ishtirok etadi. 

Mashhur bloger MrBeast Oʻzbekistonga keladi

MrBeast Toshkentdagi jamoatchilik tadbiri uchun Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.

“MrBeast” nomi bilan tanilgan Jimmi Donaldson Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi taklifiga binoan Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda jamgʻarma sahifasida xabar berildi.

9 oktabr kuni u Toshkentda boʻlib oʻtadigan jamoatchilik dasturida ishtirok etadi.

Tadbirga kirish bepul. Ishtirokchilar kompyuter orqali tasodifiy saralash tizimi yordamida roʻyxatdan oʻtganlar orasidan tanlab olinadi. Unda Toshkentdagi tadbirda shaxsan qatnasha oladigan 18 yoshdan oshgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Jamgʻarma ushbu tadbir haqidagi yagona rasmiy maʼlumot manbai hisoblanadi. Roʻyxatdan oʻtish allaqachon boshlangan va u ushbu havola orqali mavjud.

Eslatib oʻtamiz, mazkur bloger Youtube tarmogʻida 500 mln obunachisi bilan videoxostingdagi eng mashhur bloger hisoblanadi.

MrBeast oʻzining katta mablagʻ sarflanadigan, murakkab sahna ijrolari va katta sovrin jamgʻarmalariga ega keng koʻlamli video loyihalari bilan tanilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid