platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

El-Nino oqibatlari 347 milliondan ortiq bolaga taʼsir qiladi — BMT

 2026 yil oktabrdan dekabrgacha gʻayritabiiy nam yoki quruq sharoitlar kuchli suv toshqinlari, qurgʻoqchilik va kasalliklarning avj olish ehtimolini oshiradi. 

El-Nino oqibatlari 347 milliondan ortiq bolaga taʼsir qiladi — BMT

​Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) hisobotiga koʻra, El-Nino iqlim hodisasining oqibatlari 100 mamlakatdagi 347 milliondan ortiq bolaga taʼsir qiladi.

​Tashkilotning prognozlariga koʻra, 2026–2027 yillardagi El-Nino tarixdagi eng kuchlilaridan biri boʻladi.

2026 yil oktabrdan dekabrgacha gʻayritabiiy nam yoki quruq sharoitlar kuchli suv toshqinlari, qurgʻoqchilik va kasalliklarning avj olish ehtimolini oshiradi.

​"Bolalar uchun El-Nino shunchaki tabiiy va iqlim hodisasidan ancha koʻproq narsani anglatadi. Bu koʻchib ketish, toʻyib ovqatlanmaslik, suv tanqisligi va kasalliklarning avj olishiga olib kelishi mumkin", dedi UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel.

​Xavf ostida boʻlgan bolalarning eng koʻp soni Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (190 million) va Sharqiy va Janubiy Afrikada (41 million) yashaydi.

UNICEF xalqaro hamjamiyatni hodisaning taʼsirini oldini olish uchun erta sarmoya kiritishga chaqirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid