platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Bogʻchada tok urgan bola: Fargʻonada qator mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin

2026 yil fevralida Fargʻona shahridagi maktabgacha taʼlim muassasasida bolani yuqori kuchlanishli tok urgandi. Sud 45 mln soʻm maʼnaviy zarar boʻyicha hukm chiqargan. Biroq bolaning otasi sud hukmidan norozi boʻlib, apellyatsiya shikoyati bergan.

Bogʻchada tok urgan bola: Fargʻonada qator mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin

2026 yil fevralida Fargʻona shahridagi maktabgacha taʼlim muassasasida bolani yuqori kuchlanishli tok urgandi. Ushbu ish yuzasidan qator mansabdorlar javobgarlikka tortilish mumkin.

Mazkur hodisa sabab bogʻcha rahbari va yana ikki tashkilot mansabdor shaxsining harakatlariga huquqiy baho berish uchun materiallar prokuraturaga yuborildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudining 2026 yil 23 iyundagi hukmiga koʻra, 66-sonli DMTT tarbiyachisi N.R., “Faxr” xususiy korxonasi ish yurituvchisi J.M. hamda Fargʻona tumani elektr taʼminoti korxonasi elektromontyori D.X. Jinoyat kodeksining 116-moddasi 1-qismi — kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslikda aybli deb topilgan.

Ularga tegishli jazolar tayinlangan.

Shuningdek, sud hukmi bilan sudlanuvchilardan jabrlanuvchining qonuniy vakili foydasiga 45 mln soʻm maʼnaviy zarar undirish belgilangan. Bolaning otasi A.Qodirov sud hukmidan hamda hodisaga aloqador deb hisoblagan boshqa shaxslar javobgarlikka tortilmaganidan norozi boʻlib, apellyatsiya shikoyati bergan.

Fargʻona viloyat sudi apellyatsiya instansiyasi jinoiy javobgarlikka tortilgan uch shaxsdan tashqari, 66-sonli DMTT rahbari, “Faxr” MChJ rahbari hamda Fargʻona tumani elektr taʼminoti korxonasi mansabdor shaxslarining harakatlariga huquqiy baho berish, shuningdek, ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni Fargʻona shahar prokuroriga yuborgan.

Sud muhokamasi tergov organi tomonidan qoʻyilgan ayblov doirasida oʻtkaziladi. Shu sababli sud tergov tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxslarning aybdorligi masalasini koʻrib chiqishga vakolatli emas.

Hozirda bolaning otasi Fargʻona viloyat sudiga taftish tartibida ham shikoyat kiritgan. Undagi vajlar taftish instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid