BAAdan 6 nafar oʻzbekistonlik ekstraditsiya qilindi
Ular turli ogʻirlikdagi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlangan va Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan.

Turli ogʻirlikdagi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda boʻlgan olti nafar fuqaro BAAdan ekstraditsiya qilindi.
Mazkur ekstraditsiya Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi va BAAdagi Milliy markaziy byurosi oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan koʻp yillik hamkorlik, shuningdek, ikki davlat vakolatli organlari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri ishchi aloqalarni mustahkamlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlar doirasida amalga oshirildi.
Joriy yil boshidan buyon IIV Interpol MMB tashabbusi bilan qidiruvda boʻlgan 16 nafar shaxs BAAdan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.




