platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

AQSh harbiylari Iroqni tark etdi. Eron oʻz manfaatlari yoʻlida u yerga boradimi?

Yigirma yil davomida Vashington himoyasiga tayanib kelgan Iroq Kurdiston mintaqasi endilikda bir-biri bilan chambarchas bogʻliq inqirozlarga duch kelmoqda. Ular qatoriga Bagʻdodning hokimiyatni markazlashtirish borasidagi kuchayib borayotgan bosimi hamda qoʻshni davlatlarning, xususan, Eronning kuchayib borayotgan harbiy tahdidlari kiradi.

AQSh harbiylari Iroqni tark etdi. Eron oʻz manfaatlari yoʻlida u yerga boradimi?

AQSh Iroqdagi harbiy vazifasini yakunlashi bu mintaqada Qoʻshma Shtatlar tomonidan yordam berib kelingan Kurdistonni mintaqadagi unga qarshi kuchlar bilan yuzma-yuz qoldirmoqda. AQShdan qolgan boʻshliqdan endi Eron oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanishga harakat qilmoqda. Bu haqda Germaniyaning “Deutsche Welle” axborot agentligi maʼlum qildi.

Uning yozishicha, AQShning Iroqdan chiqib ketishi yarim muxtor hisoblangan “Kurdiston” mintaqasidagi xavfsizlikka oid boʻshliqni yuzaga keltirmoqda.

Bagʻdoddagi siyosatchilar AQSh qoʻshinlarining olib chiqib ketilishini olqishladi. Iroq bosh vaziri Ali Al-Zaidi 1 oktabrni “Suverenitet va mustaqillik” kuni deb eʼlon qildi. Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi ham bu qarorni olqishladi. Ammo “Kurdiston”da vaziyat ancha xavotirli.

Agentlikning yozishicha, yigirma yil davomida Vashington himoyasiga tayanib kelgan Iroq Kurdiston mintaqasi endilikda bir-biri bilan chambarchas bogʻliq inqirozlarga duch kelmoqda. Ular qatoriga Bagʻdodning hokimiyatni markazlashtirish borasidagi kuchayib borayotgan bosimi hamda qoʻshni davlatlarning, xususan, Eronning kuchayib borayotgan harbiy tahdidlari kiradi.

Bryusselda faoliyat yurituvchi Yaqin Sharq tahlilchisi Hesam Dastpishning aytishicha, Kurdiston mintaqasi uchun bevosita tahdid keng koʻlamli harbiy bosqin emas, balki uning muxtoriyatini sekin va puxta oʻylangan tarzda bosqichma-bosqich qisqartirishdir.

Uning taʼkidlashicha, Tehronning Erbilga nisbatan umumiy strategiyasi dushmanona boʻlib, asosan uni jilovlashga qaratilgan.

Ekspertning taʼkidlashicha, Islom Respublikasining yakuniy maqsadi KRIning siyosiy taʼsirini yoʻqqa chiqarib, uni faqat maʼmuriy tuzilmaga aylantirishdir.

“Tehronning maqsadi — Kurdiston mintaqasini manyovr qilish uchun mutlaqo imkoniyati qolmaydigan tuzilmaga aylantirish”, degan Dastpish DW nashriga. U Eronning mintaqaga takroriy zarbalari, goʻyoki eronlik kurd muxolif guruhlar lagerlarini nishonga olganini qayd etdi.

Eronning kurdlar yashaydigan Mahobod shahrida faoliyat yurituvchi siyosiy tahlilchi Salahuddin Xadivning aytishicha, qoʻshni davlatlar har doim ham kurdlarning muxtoriyatini butunlay yoʻq qilishni istamaydi. Uning taʼkidlashicha, buning oʻrniga Tehron “nazorat ostidagi va zaif” Kurdistonni koʻzlamoqda.

Uning fikricha, raqib kuch markazlari — Epbil va Sulaymoniya bilan alohida-alohida munosabat olib borish orqali Eron KRI boʻylab oʻz taʼsirini saqlab kelmoqda va ayni paytda uning gʻanbiy chegarasida yagona kurd hokimiyatining hukmron kuchga aylanishiga yoʻl qoʻymaslikka intilmoqda.

Ichki parokandalik

Tashqi muammolarga qaramadan, Iroq Kurdiston mintaqasining eng jiddiy zaifligi ichkaridan kelib chiqmoqda.

1990-yillardagi fuqarolar urushi merosi hukmronlik qiluvchi ikki asosiy siyosiy kuch — Kurdiston Demokratik partiyasi (KDP) va Kurdiston Vatanparvarlar ittifoqi (PUK) oʻrtasidagi chuqur ildiz otgan raqobat orqali hanuzgacha saqlanib qolmoqda.

Yaqin Sharqdagi Iroq va kurd masalalari boʻyicha tahlilchi Hiva Mahmud Osmonning taʼkidlashicha, Tehron ushbu ichki ziddiyatga katta darajada tayanadi.

“Eron Iroq ichidagi siyosiy taʼsirni boshqarishni oʻnlab yillar davomida mukammal oʻzlashtirdi”, dedi u DW nashriga. “Kurdlarning eng katta toʻsigʻi — ularning oʻz ichidagi parokandalik. Yagona front boʻlmasa, xorijiy kuchlarning harakat qilishi uchun imkoniyat yanada kengayadi”.

Muxolifat muammosi

Eronlik kurd muxolif guruhlarining KRI hududida boshpana topgani ayniqsa murakkab masalalardan biridir. Tarixan Eron davlat kuchlari bilan toʻqnashib kelgan bu guruhlarga endilikda qurollarini topshirish va boshqa hududga koʻchib oʻtish boʻyicha kuchli bosim oʻtkazilmoqda.

Dastpishning aytishicha, ularning mavjudligi Eronga chegara ortida dron va raketa zarbalarini amalga oshirish uchun qulay bahona bermoqda. Biroq u Epbil “toʻliq taslim boʻlishi”ni kutmayapti. Chunki bu guruhlar bilan muvozanatni saqlash KRIning ichki legitimligi va tashqi aloqalari uchun muhim.

AQShda faoliyat yurituvchi siyosatshunoslik tadqiqotchisi Kasra Qaredagʻi bu guruhlar hozir har qachongidan ham zaifroq holatda ekanini taʼkidlaydi. Uning aytishicha, AQSh kuchlari hali toʻliq joylashtirilgan paytda ham Eron ularning yashirin hududlariga zarba bera olgan. Bu 2023 yilda Bagʻdod va Tehron oʻrtasida chegara xavfsizligi boʻyicha kelishuv imzolanishi bilan yakunlangan.

Endilikda Epbilning taʼsir oʻtkazish imkoniyatlari deyarli yoʻq va bu Tehronga yon berishlarni majburan qabul qildirish uchun sezilarli darajada katta imkoniyat bermoqda, deya qoʻshimcha qildi u.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid