platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston – Tojikiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

5 oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va birodar Tojikiston xalqining ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Oʻzbekiston – Tojikiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Hamkorlik barcha yoʻnalishlarda jadallashib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror oʻsib bormoqda, transport, energetika, geologiya, qishloq va suv xoʻjaligi hamda boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli sheriklik davom etmoqda.

Hududlar oʻrtasida va madaniy-gumanitar jabhada faol almashinuvlar amalga oshirilmoqda.

Yetakchilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid