platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Universitet maʼmuriy boshqaruv, oʻquv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual taʼlim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilgʻor innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi.

Hozirgi kunda oliygohda 4 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻn mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.

Universitet maʼmuriy boshqaruv, oʻquv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual taʼlim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilgʻor innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda.



«Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga oʻz-oʻzidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noanʼanaviy gʻoyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim», deya taʼkidlaydi Saida Mirziyoyeva.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid