platina.uz
Jamiyat

Rossiyada vabodan vafot etgani aytilgan bemorga rasmiy tashxis qoʻyildi

Rospotrebnadzor keng koʻlamli test natijalariga koʻra, bemorning namunasida uning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq mikroorganizmlar topilmaganini taʼkidladi. Institutda patogen mikroorganizmlar bilan ishlash bilan bogʻliq hech qanday favqulodda vaziyatlar aniqlanmagan. 

Rossiyada vabodan vafot etgani aytilgan bemorga rasmiy tashxis qoʻyildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi Vaboga qarshi institut xodimiga nomaʼlum etiologiyali pnevmoniya tashxisi qoʻyildi, deb xabar berdi Rospotrebnadzor (Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati).

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, test natijalari namunada ayolning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq mikroorganizmlar yoʻqligini koʻrsatdi.

2 oktabr kuni bir nechta Telegram kanallarida Vaboga qarshi institut xodimining pnevmonik vabodan oʻlgani haqida xabar berilgan.

Rospotrebnadzor keng koʻlamli test natijalariga koʻra, bemorning namunasida uning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq mikroorganizmlar topilmaganini taʼkidladi.

Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, institutda patogen mikroorganizmlar bilan ishlash bilan bogʻliq hech qanday favqulodda vaziyatlar aniqlanmagan. Agentlik Irkutsk viloyatidagi, xususan, Irkutsk va Shelexovdagi sanitariya-epidemiologik vaziyatni barqaror deb taʼrifladi.

Avvalroq OAVda Irkutsk viloyatida 27 yoshli qiz vabo yuqtirgani gumon qilinib vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Shundan soʻng Oʻzbekiston chegarada epidemiologik nazorat kuchaytirilgani maʼlum qilindi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid