platina.uz
Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda yangi gazkondensatli kon ochildi

Ustyurt hududining markaziy qismida joylashgan Qoratau maydonida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan tabiiy gaz uyumlari aniqlandi. 

Qoraqalpogʻistonda yangi gazkondensatli kon ochildi

Qoraqalpogʻistonda yana bir yangi gazkondensatli kon ochildi.

Ustyurt hududining markaziy qismida joylashgan Qoratau maydonida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida chuqur quyi yura qatlamlarida sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan tabiiy gaz uyumlari aniqlandi. Bu haqda "Oʻzbekneftgaz" matbuot xizmati xabar berdi.

Qoratau maydoni maʼmuriy jihatdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hududida joylashgan boʻlib, maydonda 1-sonli izlov qudugʻi 4860 metr chuqurlikgacha burgʻilandi.

3 oktabr kuni sinash ishlari jarayonida quyi yura qatlamlaridan 3273-3213 m chuqurlik oraligʻidan sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan tabiiy gaz va kondensat oqimi olindi va yangi gazkondensatli Qoratau koni ochilishiga erishildi.

Rejaga muvofiq joriy yil yakuniga qadar maydonda 2-sonli izlov qudugʻini burgʻilash bilan tugatish hamda navbatdagi 3 va 4-sonli izlov-qidiruv quduqlarida burgʻilash ishlarini boshlash rejalashtirilgan.

Qoratau maydonida erishilgan geologik natija Ustyurt regionida chuqur qatlamlarni oʻrganish boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarining yangi istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash imkonini yaratdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid