platina.uz
Jamiyat

Istanbuldan Fargʻonaga uchgan yoʻlovchilarning 100 ga yaqin bagaji qoldirib ketildi

Centrum Air bagajlar keyinroq yetkazib berilishini maʼlum qildi. Avvalroq ushbu aviakompaniyaning Istanbul - Toshkent reysi 3 soatga kechikkan va holat yuzasidan uzr soʻralgandi. 

Istanbuldan Fargʻonaga uchgan yoʻlovchilarning 100 ga yaqin bagaji qoldirib ketildi

Centrum Air aviakompaniyasining Istanbuldan Fargʻonaga uchgan yoʻlovchilarining bagajlari qoldirib ketildi. Aviakompaniya bagajlar keyinroq yetkazib berilishini maʼlum qildi.

C6 316 Istanbul—Fargʻona reysida havo kemasiga yuk ortishda ekspluatatsion cheklovlar joriy etildi. Qaror parvozlar xavfsizligi talablariga qatʼiy muvofiq ravishda qabul qilindi. Shu sababli 99 dona bagaj ushbu reys bilan manzilga yetkazilmadi.

Buning ortidan yoʻlovchilar norozilik bildirgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

“Ushbu vaziyat taʼsir qilgan barcha yoʻlovchilardan chin dildan uzr soʻraymiz. Bagajsiz uchib kelish qanchalik noqulay va yoqimsiz ekanini tushunamiz. Aviakompaniya bagajlarni imkon qadar tezroq yetkazib berish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda”, deyiladi aviakompaniya xabarida.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bagajlar 5 oktabr kuni soat 22:00 da Fargʻona aeroportiga yetkaziladi.

Yoʻlovchilardan bagaj birkalarini saqlab qoʻyish, barcha savollar boʻyicha Fargʻona aeroportining bagaj boʻlimiga murojaat qilishlari soʻraldi.

Avvalroq ushbu aviakompaniyaning Istanbul - Toshkent reysi 3 soatga kechikkan va holat yuzasidan uzr soʻralgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid