platina.uz
Jamiyat

​Ishdan boʻshatilgan fuqarolarga uchinchi oy uchun oʻrtacha ish haqi toʻlanadi

​Hukumat qarori bilan ishdan boʻshatilgach, 3 oy davomida ish topa olmagan fuqarolarga sobiq ish joyidan uchinchi oy uchun oʻrtacha ish haqi toʻlash tartibi tasdiqlandi. 

​Ishdan boʻshatilgan fuqarolarga uchinchi oy uchun oʻrtacha ish haqi toʻlanadi

​Ishdan boʻshatilgan fuqarolarga uch oy ish haqi toʻlanadi. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 28 centabrdagi 519-sonli qarori bilan belgilandi.

​Hukumat qarori bilan ishdan boʻshatilgach, 3 oy davomida ish topa olmagan fuqarolarga sobiq ish joyidan uchinchi oy uchun oʻrtacha ish haqi toʻlash tartibi tasdiqlandi.

​Uchinchi oy uchun ish haqi toʻlash va pensiya tayinlash tartibi

​Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga moddiy koʻmak berish va davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha yangi tartib tasdiqlandi.

​Hujjatga koʻra, ayrim asoslarga koʻra ishdan boʻshatilgan fuqarolar uch oy davomida yangi ish topa olmagan taqdirda, ularga sobiq ish joyidan uchinchi oy uchun ham oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi.

​Qaror bilan quyidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillari belgilandi:

​Ish haqi toʻlash tartibi: Mehnat shartnomasi bekor qilinganidan soʻng uchinchi oy uchun oʻrtacha ish haqini toʻlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish reglamenti.

​Muddatidan oldin pensiya: Ishini yoʻqotgan xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid