platina.uz
Jahon

Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel sovrindorlari eʼlon qilindi

Karl Deysserot, Peter Hegemann va Georg Nagel optogenetika usuli boʻyicha kashfiyotlari uchun mukofotga loyiq deb topildi. 

Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel sovrindorlari eʼlon qilindi

​Nobel mukofotining fiziologiya va tibbiyot boʻyicha sovrindorlari nomi maʼlum boʻldi.

​AQShlik olim Karl Deysserot, germaniyalik tadqiqotchilar Peter Hegemann va Georg Nagel mukofotni qoʻlga kiritdi, deya xabar qiladi mukofot qoʻmitasi.

Olimlar yorugʻlik bilan boshqariladigan ion kanallari hamda tirik miyada xotira, hissiyot va xatti-harakatlarni boshqarish imkonini beruvchi optogenetika usuli boʻyicha kashfiyotlari uchun mukofotga loyiq deb topildi.

Optogenetika – asab hujayralarini yorugʻlik yordamida faollashtirish yoki ularning faoliyatini toʻxtatish imkonini beradigan usul. Bu texnologiya miyada xotira, his-tuygʻu va xulq-atvorni shakllantiruvchi asab zanjirlarini oʻrganishda yangi imkoniyatlar ochgan.

Ushbu texnologiyaning tibbiyotda istiqbolli qoʻllanish imkoniyatlari mavjud. Xususan, tadqiqotchilar bu usuldan koʻrish qobiliyatini tiklash, shuningdek, ayrim nevrologik va ruhiy kasalliklarni oʻrganish va davolash imkoniyatlarini tadqiq qilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid