platina.uz
Jamiyat

Bloger Sirojiddin Adilov 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Unga uch fuqaroga jami 75 mln soʻm zarar yetkazgani aytildi. Mazkur jinoyat ishi yurituvi davomida Sirojiddin Adilovning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati yuzasidan biron-bir ayblov qoʻyilmagan. 

Bloger Sirojiddin Adilov 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Bloger Sirojiddin Adilov 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Jizzax viloyati sudlari xabar berdi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzachoʻl tuman sudining 2026 yil 5 oktabrdagi hukmi bilan fuqaro Adilov Sirojiddin Sayfiddinovich (“Sirojiddin media” MChJ rahbari) jami 3 nafar fuqaroga nisbatan firibgarlik va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topilib, jazo tayinlandi.

Sud muhokamasi davomida, S. Adilovning D. Shamsiyevning 12 mln soʻm pulini tovlamachilik, G. Jumaniyozovaning 30 mln soʻm, R. Xudoynazarovaning 33 mln soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi toʻliq isbotlangan va S. Adilov tomonidan jami 75 mln soʻm yetkazilgan zarar qoplangan, deyiladi xabarda.

Alohida taʼkidlash oʻrinliki, mazkur jinoyat ishi yurituvi davomida Sirojiddin Adilovning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati yuzasidan biron-bir ayblov qoʻyilmagan.

Adilovning harakatlari yuzasidan ayblov u tomonidan boshqa fuqarolarning mulki firibgarlik va tovlamachilik yoʻli bilan qoʻlga kiritilganligi bilan bogʻliq, deya taʼkidlanadi rasmiy maʼlumotda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid